Yirik qon tomirlarning jarohatlanishi

Loyihalashtirish faoliyati boyicha quyidagi amaliy konikmalarga ega

bo ladi: muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash; vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish; oAz faoliyatini rejalashtirish; ma'lumot manbalarini aniqlash, tizimga keltirish va tahlil etish; natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli ko'rinishda taqdim etish.

Talabalar loyihani muvaffaqiyatli bajarishlari uchun bilishlari lozim bolgan tayanch bilim va кол nikmalar quyidagilardan iborat: Kokrak qafasi, yelka kamari shikastlari, ularning klassifikatsiyasi, qobirg'alar sinishi vato'sh suyagining ularni davolash, gemotoraks, pnevmotoraks, kurak va o'mrovning sinishi va ularni davolash, birinchi yordam beish, og'riqsizlantirish, boglamlar qo'yish, tortmalar qo'yish tehnikasini bilish kerak.

Quyidagi tayanch bilimlarni bilishi kerak:

Quyidagi ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak: anamnez yig'ish, xatar faktorlarini aniqlash, klinik - laborator tekshirish natijalarini to'plash, tahlil etish va taqdim etish; Ko'krak qafasi, yelka kamari shikastlarini davolash turlari, asoratlari haqida bilimga ega bo'lish; manbalar bilan ishlash, ma'lumotlar yig'ish, qayta ishlash va taqdim etish; guruhda faoliyat yuritish, hamkorlikda o'qish tartib va qoidalari.

Turlanish belgilari bo'yicha loyihaga tavsif: turi ilmiy - tadqiqotga asoslangan; predmet va mazmun jihatdan kolami bir fan bo'yicha foydalaniluvchi monoloyiha; talabalar o'quv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri bevosita;
О QUV LOYIHASI:

" Yirik qon tomirlarini shikastlanishi, qon oqishi va qon quyish»

LOYIHA TOPSHIRIGI

Yirik qon tomirlarning jarohatlanishi

Hind-xitoy fransuz armiyasida yirik tomirlarning jarohatlari 2,5% yaradorlarda kuzatilgan. Vyetnamdagi urushda amerika armiyasida tomirlarning jarohatlari 2,5% yaradorlarda aniqlangan. Tomirlar jarohatlarining eng ko’p miqdori oyoqlar tomiriga, undan keyin qo’llar tomiriga va bo’yin tomiriga to’g’ri keladi.

 

Tasnifi. Shkastlanish bo’yicha ikki guruhga bo’linadi: ochiq va yopiq.

Tomirlarning ochiq jarohatlari (sanchilgan, kesilgan, o’t otishdan) xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Tomirlar jarohatlarining quyidagi guruhlari farqlanadi:

 

1.
Arteriyalar. 2. Venalar. 3. Arteriya va venalar.


Tomir jarohatlarining klinik ko’rinishiga ko’ra quyidagi turlari farqlanadi.

1. Birlamchi qon ketishsiz. 2. Birlamchi qon ketishi bilan. 3. Gematoma hosil bo’lishi bilan. 4. Mahalliy qon aylanish buzilishi belgilari bilan. 5. Massiv qon va shok bilan asoratlangan.

Arteriya jarohatlarining klinik manzarasida umumiy va mahalliy belgilar farqlanadi.

Umumiy belgilari. Qon yo’qotish va shok.

Mahalliy belgilari. Tashqi qon ketish, yara sohasida gematoma hosil bo’lishi, gematoma pulsatsiyasi va unda shovqinlarning bo’lishi, shkastlangan oyoq qo’lning distal qismida rangining o’zgarishi, pereferik tomirda pulsning sustlashishi yoki bo’lmasligi.
Qon tomirlar shkastlanganda tibbiy yordam.

1.
Birinchi tibbiy yordam. Yordamni asosi qonni to’xtatishdan iborat. U asosan quyidagi yo’llarbilan to’xtatiladi: barmoq bilan bosib turish qo’l yoki oyoqni maksimal bukish hamda qon to’xtatish uchun bosib turuvchi bog’lam yoki jugut qo’yishdan iborat.

2.
Vrachgacha yordam (BrTP) –bog’lamlarni tekshirish va to’g’rilash transport immobilizatsiyasini yaxshilash.

3.
Birinchi tibbiy yordam (BrTP). Yaradorlar guruhlarga ajratiladi:


1-guruh yaradorlar –tashqi qon ketish to’xtatilmagan, oldin qo’yilgan jugut bilan o’rta og’ir qon yo’qotishi bo’lsa yaradorlar bog’lov xonasiga yuboriladi.

2-guruh yaradorlar qon oqishi to’xtatilgan, yengil qon yo’qotganlar ularga tibbiy yordamni saralash, ko’chirish palatkasida yoki saralsh maydonida qilinadi.

 

4.
Malakali tibbiy yordam (ATO). Oyoq qo’llarning magistral tomirlari jarohatlanga yaradorlarni malakali tibbiy yordam berish bosqichiga vertolyotda 41,9%, sanitar avtomobilda 18,9%, avtotransportda 39,2 % olib boriladi. 60% yaradorlar tibbiy yordamga o’rta og’ir holda yoki og’ir holatda olib kelinadi.

5.
Maxsus tibbiy yordam. Magistral qon tomirlari shkastlangan yaradorlar dastlabki soat yoki sutkada kelib tushadi. Klinik, rentgenologik tekshirish-lardan so’ng qon tomirlar o’limida turli xil rekonstruktiv –tiklovchi operatsiyalar o’tqaziladi.

 

Qon ketish va qon yo’qotish.
Qon ketish deb –tomirlar butunligining buzilishi natijasida qon oqib ketishiga aytiladi.

Tasnifi. Birlamchi va ikkilamchi.

Birlamchi. 1) arterial; 2) arterial-venoz; 3) venoz; 4) kopellyar; 5) parenxematoz.

Ikkilamchi. 1) erta; 2) kech; 3) qaytariluvchi.

Turli xildagi qon ketish belgilari:

1.
Arterial qon ketish. Qon oqim bilan fantansimon ketadi. Chiqayotgan qon miqdori qon tomir kalibrlari va qon tomirdagi jarohat kattaligiga bog’liq. Qon rangi och qizil.arterial qon ketishni jarohat va yurak oralig’idagi qon tomirni bosib to’xtatiladi.

2.
Arterial-venoz qon ketish. Qon tezda jarohatni to’ldiradi. Qon rangi qizil. Jarohatdan yuqoridagi qon tomir bosilganda qon ketish to’xtamaydi, lekin qon rangi ham o’zgarmaydi.

3.
Venoz qon ketish. Qon bir xilda sekin urub turmaydigan oqim bilan ketadi. Qon rangi to’q qizil. Jarohatdan yuqoridagi tomir bosilsa, qon ketish kuchayadi.

4.
Parenximatoz qon ketish. Parenximatoz organlar qon tomiri organning biriktiruvchi to’qima stronasi bilan uzviy aloqada, shuning uchun kesilganda ular bir-biridan ochilib qoladi va bir-biriga mos kelmaydi. Qon ketish ko’p va to’xtatish juda qiyin.


Qon quyish.

Qonni transportirovka va saqlash uchun qonni tayyorlash va qayta ishlash otryadi (QTQO) va qon quyish stansiyasi (QQS) ekspeditsion bo’limlar tashkillashtiriladi. Konservatsiya qilingan qonni saqlash shartlaridan biri qonning biologik hususiyatini uzoq saqlab qolishdir. Buning uchun: a) qonga mexanik ta’sirning oldini olish; b) qonni doimiy past haroratda saqlash kerak.

Harorat (Temperatura) (lot. temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha holat) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.

Qon maxsus jihozlar bilan jihozlangan yerto’lalarda yoki termoizolyatsiya-lovchi kontenerlarda saqlanadi. Yerto’la chuqurligi 1,5 – 2 metrdan ko’p emas, devori yupqa o’ralgan, tomi termoizalyatsiyalovchi materialdan qilingan.

Qon quyib berishdan avval xar bir flakonni germetikligi, pasport qismining to’g’riligi, mikroskopik ko’zdan kechirish ma’lumotlari tekshiriladi.

Donar va resipiyent qon guruhini aniqlash qoidalari: 1) resipiyent barmoq uchi spirt bilan artiladi; 2) barmoq igna bilan teshiladi va pipetka bilan bir necha tomchi qon olinadi; 3) tarelkaga qon tomchisidan ikki qator qilib to’nog’ich boshchasi razmerida O (I), A(II), B(III) yozuvlariga suriladi; 4) xar bir tomchiga 2 seriali standart zardob (O, A, B) qon tomchisi hajmidan 8-10 marta yuqori hajmda qo’shiladi; 5) qon zardob bilan aralashtiriladi; 6) 5-8 daqiqa ichida agglyutinatsiya reaksiyasi bo’lishi kuzatiladi.


Понравилась статья? Добавь ее в закладку (CTRL+D) и не забудь поделиться с друзьями:  



double arrow
Сейчас читают про: